Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bildirişiça, transport tizimini modernizatsiya qiliş böyiça qarorni hayotga tatbiq etiş işlari boşlangan. Bu maqsadda taşkil etilgan Yöl harakatini taşkil etiş markazi Toşkent şahridagi tirbandliklar va ekologiya masalalarini hal qiliş, şuningdek, jamoat transporti nazorati böyiça taqdimot ötkazgan.

Taqdimotda berilgan hisobotlarga köra, yaqin kunlarda «aqlli» svetoforlarni örnatiş, yöllarga standartlarga mos çiziqlar tortiş hamda avtoturargohlarni töğri taşkil qiliş böyiça keng kölamli işlar boşlanişi rejalaştirilgan.

Şu bilan birga, Saida Mirziyoyeva şahar hokimi boşçiligidagi jamoa qaror ijrosini tölaqonli ta’minlaşga bor kuç va imkoniyatini qaratişiga umid bildirgan. U mazkur işlar bajarilişini şaxsan nazorat qilib borişini ham ta’kidlagan.
Uning sözlariga köra, poytaxt uçun öta muhim va zarur bölgan loyihani amalga oşirişda jamoaga muvaffaqiyat tilagan.





















