Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQŞ prezidentining maxsus vakili Serjio Gor iştirokida Amerika – Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşining birinçi yiğilişi ötkazilganini ma’lum qildi.

“Maxsus vakil, elçi Serjio Gor iştirokida Amerika – Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşining birinçi yiğilişi ötkazilganini ma’lum qilişdan mamnunman.

Muhokamalar samarali va istiqbolga yönaltirilgan tarzda ötdi; oldinda bizni har ikki mamlakat uçun strategik ahamiyatga ega bölgan asosiy yönalişlar böyiça salmoqli va mazmunli işlar kutmoqda”, deb yozdi u öz Telegram sahifasida.

Avvalroq AQŞ prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus elçisi Serjio Gor 3-7 fevral kunlari Qirğiziston va Özbekistonga taşrif buyurişi xabar qilingandi.

AQŞ davlat departamenti xabariga köra, elçi Gor taşrifi davomida Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston biznes vakillari va siyosatçilar bilan uçraşuvlar ötkazadi.

Xabarda Serjio Gor Bişkek va Toşkentda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini örganiş uçun yuqori martabali amaldorlar bilan ham uçraşişi aytilgan.