Jahon | 08:43 / 16.08.2025
7933
2 daqiqa o‘qiladi

Kreml Putinning Tramp bilan suhbatini ijobiy baholadi

​​​​​​​Ta’kidlanishicha, Putin va Tramp o‘rtasida «ijobiy va konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tgan».

Foto: Getty images

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning Tramp bilan suhbati «haqiqatan ham juda ijobiy bo‘lganini va bu haqda ikki prezident aytganini» ta’kidladi.

«Bu kelishuv variantlarini izlash yo‘lida birgalikda ishonch bilan harakat qilish imkonini beradigan suhbatdir», deb qo‘shimcha qildi Kreml vakili.

Nega prezidentlar matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob bermagani haqida gapirar ekan, Peskov «bayonotlar batafsil bo‘lganini» aytdi.

«Shuning uchun yakuniy matbuot anjumanida jurnalistlarning savollaridan voz kechishga qaror qilindi», deb qo‘shimcha qildi u.

Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev Putin va Tramp o‘rtasidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha «ijobiy va konstruktiv muloqot bo‘lib o‘tganini» aytdi.

Shuningdek, u AQSh prezidenti «Moskva va Vashington o‘rtasida iqtisodiy sohada katta salohiyat borligini» ta’kidlagani muhimligini ma’lum qildi.

Tramp va Putin 15 avgust kuni Alyaskada uchrashdi, yakunda hech qanday kelishuv bo‘lmadi. AQSh va Rossiya prezidentlari Ankorijdagi harbiy bazada muzokara olib bordi. Muzokaralardan so‘ng, Putin va Tramp matbuot vakillari oldiga chiqib, o‘z bayonotlarini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng prezidentlar jurnalistlarning savollariga javob bermasdan zalni tark etdi.

Mavzuga oid