Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada profilaktika inspektorlarining shaxsiy avtomobillariga maxcus videoregistratorlar o‘rnatilishi ma'lum qilindi
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maxsus transport vositalari hamda profilaktika inspektorlarining shaxciy avtomobillari qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlaydigan maxsus videoregistratorlar bilan ta'minlanadi. Shu maqsadda viloyatga 100 ta ana shunday maxcus qurilma olib kelingan.
Farg‘ona viloyati IIB YHXB boshlig‘i Yunus Marksovning xabar berishicha, Farg‘ona viloyatida endilikda maxsus videofikcatsiya qurilmalari bilan birgalikda viloyat IIB maxsus transport vositalari hamda hududlardagi profilaktika inspektorlarining shaxsiy avtomobillariga avtomatik tarzda qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus videoregistrator qurilmalari o‘rnatilmoqda. Hozirda viloyat hokimligi ko‘magi bilan 100 dona maxsus videoregistrator qurilmalari viloyatga olib kelingan. Kelgusida ularning sonini 1000 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Ta'kidlanishicha, avtomatik tarzda ishlovchi qurilmalar yo‘llarda boshqa transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni avtomatik ravishda qayd etish bilan birgalikda, mazkur moslama o‘rnatilgan avtomobilning ham sodir etgan qoidabuzarliklarini shunday tarzda qayd etib boradi. Qayd etilgan qoidabuzarliklarni onlayn tarzda davlat yo‘l xavfsizligi xizmatining dyhxx.ejarima.uz saytiga yuboradi.
Mazkur tasvirlar boshqarma xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilgach, qoidabuzarlik to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Mavzuga oid
08:58 / 03.05.2026
Toshkentda profilaktika inspektori jinoyat ishi qo‘zg‘atish evaziga 10 ming dollar olayotganida ushlandi
21:45 / 08.04.2026
Mahalla profilaktika inspektori ortiqcha vazifalardan xalos etiladi
15:18 / 19.02.2026
Qo‘qonda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilindi
18:23 / 12.02.2026