Japarov Qirg‘iziston prezidenti yaqin kunlarda iste'foga chiqishini aytdi
Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov boshchiligidagi vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlagandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ikki-uch kun ichida iste'foga chiqishi mumkin. Bu haqda mamlakatning yangi bosh vaziri Sadir Japarov ma'lum qildi.
"Prezident hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanib, u bilan bog‘liq barcha jarayonlar yakunlanishi bilan ikki-uch kun ichida iste'foga chiqishini aytdi", - dedi Japarov jurnalistlarga.
Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarov boshchiligidagi vazirlar mahkamasining yangi tarkibini tasdiqlagandi.
6 oktabr kuni parlament a'zolarining bir qismi bosh vazirlikka Sadir Japarov nomzodini ma'qullab ovoz bergandi.
Mavzuga oid
22:04 / 16.09.2024
Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ot uyurini noqonuniy haydab o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi
20:33 / 14.09.2024
Vodiydagi tantana, Boysundagi mavhumlik va AES bo‘yicha yakuniy bitim - hafta dayjesti
19:03 / 14.09.2024
Qirg‘iziston prezidenti dam olish maskanini chiqindilardan tozaladi
20:48 / 13.09.2024