Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi
Reydlar davomida 45 ta holatda ijaraga olingan avtomobillarni bolalar boshqargani ma’lum bo‘ldi. Prezident oldinroq Namanganda o‘quvchilarga avtomobillarni ijaraga berish holatlari avj olganini tanqid qilgandi.
Foto: Namangan IIB YHXB
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Namangan viloyatida bir kunda o‘tkazilgan reydlarda minglab qoidabuzarliklarni aniqladi. Bu haqda YHXX axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 24 soat ichida 2000 dan ortiq yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari qayd etilgan bo‘lib, 756 ta transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan.
Ular orasida 394 ta holatda tegishli hujjatsiz avtomashina boshqarish, 45 ta holatda voyaga yetmaganlarga transport vositasini noqonuniy ijaraga berish, 131 ta holatda svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish kabi qoidabuzarliklar mavjud.
Namanganda maktab o‘quvchilariga avtomobilni ijaraga berish “biznesi” gullayotgani haqida Kun.uz bir necha bor yozgandi. Xususan, 17 aprel kuni “Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bo‘layotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yo‘qotdimi?” sarlavhali maqola e’lon qilingan.
Bir necha kun oldin esa prezident Namanganda maktab o‘quvchilariga avtomobilni ijaraga berish avj olganini tanqid qilib, oqibatda ko‘plab yoshlar majruh bo‘lib qolayotgani, o‘lim holatlari ham ko‘pligini aytdi.
Mavzuga oid
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
19:32 / 22.12.2025
Eko-stiker bo‘yicha jarimalar qo‘llash 2 yildan so‘ng boshlanadi
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025