“Dunyo” muxbiri xabar berişiça, Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov rahbarligidagi delegatsiya Yaponiyaga taşrifi doirasida bir qator yirik kompaniya va tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Taşrif doirasida delegatsiya Riverfield Inc. kompaniyasi prezidenti Kotaro Tadano bilan muzokaralar ötkazib, Namangan viloyatida robot-assistent xirurgiyasi va innovatsion tibbiy uskunalarni joriy etiş böyiça kelişuvga erişdi. Loyiha doirasida yuqori aniqlikda operatsiyalar ötkaziş, zamonaviy robotlaştirilgan xirurgik texnologiyalarni joriy etiş hamda tibbiyot xodimlarini öqitiş rejalaştirilgan.

Şuningdek, delegatsiya Tokushukai Medical Group prezidenti Xigaşi Çiniçi bilan uçraşuv ötkazib, onkologiya, kardioxirurgiya va yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni Namanganda rivojlantiriş böyiça hamkorlik bitimini imzoladi.
Yaponiya bilan hamkorlik natijasida Namangan viloyatida tibbiy xizmatlar sifati va texnologiyalar darajasini yangi bosqiçga olib çiqiş közda tutilmoqda.














