O‘zbekiston | 23:31 / 05.04.2018
16866
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ta'lim muddati va qabul kvotasi kamaytiriladi. Yangi fakultetlar tashkil etilmoqda

Foto: KUN.UZ

Bir oy muddatda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlanishi ma'lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolangan tegishli farmonda shunday deyiladi.

Hujjat matniga ko‘ra, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta'lim sifatini oshirish, shuningdek, mamlakatning zamonaviy tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda Universitet faoliyatining dolzarb vazifalari va yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqiladi. 

Shuningdek, manfaatdor idoralarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda amaliyotda talab qilinadigan mutaxassislarning aniq maqsadni ko‘zlab tayyorlanishini ta'minlash, ular orasidan diplomatik kadrlarning istiqbolli zaxirasini shakllantirish maqsadida bakalavriatda o‘qish muddatini 
va bakalavriatga qabul qilish kvotalarini kamaytirish masalasi qayta baholanadi. 

Farmonda «Xalqaro iqtisodiyot va menejment» hamda «Xalqaro jurnalistika» mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashning yangi yo‘nalishlarini joriy qilish belgilanmoqda.

Universitetda xorijiy mamlakatlar delegatsiyalariga xizmat ko‘rsatish va rasmiy tadbirlar o‘tkazishni yuqori tashkiliy darajada ta'minlaydigan professional tarjimon va gidlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etiladi.

Mavzuga oid