“Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori imzolandi.
2022/2023 öquv yilidan yangi avlod oliy ta’lim muassasasi – “Smart universitet” konsepsiyasi asosida universitet faoliyati transformatsiya qilinadi.
Universitetda akademik faoliyat ilmiy-tahliliy yönaltirilganlik va akademik yaxlitlik ta’lim texnologiyalari hamda ularni ta’minlovçi dasturiy-apparat kompleksi asosida, şu jumladan antiplagiat tizimini joriy etgan holda taşkil etiladi.
Har yili universitetning kamida 10 nafar professor-öqituvçilari, doktorantlari va magistrantlari xorijiy davlatlarning yetakçi ta’lim muassasalariga ilmiy stajirovka va malaka oşiriş uçun yuboriladi.
2025 yil 1 yanvargaça universitet jurnalini Scopus xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritiş çoralari köriladi. Universitetga professor-öqituvçilariga ilmiy unvonlarni beriş hamda ularni işga qabul qilişda akademik mustaqillik negizida berilgan ilmiy unvonlar va ilmiy darajalarni tan oliş vakolati beriladi.
2022/2023 öquv yili ikkinçi semestrida Samarqand davlat universiteti, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti hamda Toşkent davlat yuridik universiteti bilan universitet örtasida talabalar almaşinuvini nazarda tutuvçi içki akademik mobillik dasturlari asosida ta’lim oliş istagini bildirgan talabalar uçun bir semestr mos ta’lim yönalişlari böyiça öqitiş taşkil etiladi.
2022/2023 öquv yilidan universitet iqtidorli talabalari işlab çiqariş amaliyotini ötaş uçun Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yuboriladi. Universitet huzurida “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati taşkil etiladi.












