Uzbekistan | 00:45 / 30.11.2017
60038
2 daqiqa o‘qiladi

Ayolga go‘zal ekani aytilganda uning yuz ifodasi qanday o‘zgaradi?

Mehmet Gench — Rotasiz Seyyax ("aniq manzilsiz sayyoh") taxallusi ostida ishlovchi turkiyalik sayyoh-suratkash. Uning suratlari ajoyib, biroq ularning orasida shunday bir loyiha borki, uni ko‘rganda barchaning yuziga tabassum yuguradi. Gench o‘z sayohati davomida uchratgan odamlariga ularning go‘zal ekanini aytadi hamda bunga ularning reaksiyasini suratga oladi. "...gacha va ...dan keyin" turkumidagi suratlardan ko‘rinib turibdiki, Mehmetning so‘zlari uning qahramonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan. Bored Panda ushbu suratlar bilan bo‘lishdi

Gench olti yil davomida Istanbulda axborot texnologiyalari sohasida ishladi, keyin esa u yerdan bo‘shab, sevimli ishi - suratga olish bilan shug‘ullandi. "Kutilmagan jasoratimiz ba'zan hayotdagi eng muhim qarorlarni qabul qilishga yordam beradi", - deydi u.

Suratkash Samsun (Turkiya)da tug‘ilgan, lekin bugungi kunda yer yuzidagi biror joyni uning uyi deb atash qiyin. Uning uyi hamma yerda.

Foto: Mehmet Gench
Foto: Mehmet Gench
Foto: Mehmet Gench
Foto: Mehmet Gench
Foto: Mehmet Gench
Foto: Mehmet Gench
Foto: Mehmet Gench
Foto: Mehmet Gench
Foto: Mehmet Gench

Mavzuga oid