Ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy ajrimdan keyin erkak ayolni uy-joy bilan ta’minlaşi qonunan majburiy ekani haqida xabarlar tarqaldi. Yaqinda qabul qilingan qonunga kiritilgan özgartirişlar esa bu masala avtomatik majburiyat emas, balki sud va taraflar kelişuvi asosida hal etilişini körsatadi.
Qonunga qanday özgartiş kiritildi?
2025 yil 24 yanvarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 21 fevralda Senat ma’qullagan va 9 aprelda prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Özbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qöşimça kiritildi. U oila va xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştirişga qaratilgan.
Yangi normaga köra, turar joydan foydalanişga oid nizolar sudda körib çiqilayotganda, sud taraflarning kelişuvi asosida quyidagi qarorlarni qabul qilişi mumkin:
- turar joy mulkdori taşabbusi bilan uyga majburiy tartibda kiritilayotgan şaxsni mulkdorga tegişli, mutanosib şaroitlarga ega bölgan boşqa turar joyga joylaştiriş;
- yoki ijaraga olingan turar joy uçun ijara haqini tölaş majburiyatini mulkdor zimmasiga yuklaş.
Bu erkak uçun majburiyatmi?
Qonun mazmunidan kelib çiqib aytiş mumkinki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “erkak ajraşgandan keyin ayolga, albatta, uy olib berişi şart” degan da’vo töliq haqiqatga töğri kelmaydi.
Çunki bu norma barça holatlarda avtomatik qöllanmaydi. Qaror sud tomonidan har bir iş böyiça alohida qabul qilinadi va taraflarning kelişuvi mavjud bölişi şart.
Ya’ni er-xotin yaşagan uy erning nomida bölmasa yoki ajrimdan keyin ayol va bolalar uy-joy masalasida qiynalsa, kelişuv asosida sud uy egasi zimmasiga boşqa munosib uy-joy bilan ta’minlaş yoki ijara pulini tölab beriş majburiyatini yuklaşi mumkin.
Qonun nimani kafolatlaydi?
Yangi norma orqali davlat ajrimdan keyin ayol va bolalarning köçada qolib ketmasligini, ularda kamida xavfsiz yaşaş joyi bölişini kafolatlaşni közlamoqda. Bu, ayniqsa, uy-joy ayol nomida bölmagan holatlarda ijtimoiy himoyani kuçaytirişga qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda, qonun erkakni ajrimdan keyin ayolni uy-joy bilan ta’minlaşga şarsiz majbur qilmaydi. Bu masala sud, holat va taraflar kelişuvi asosida hal etiladi.











