Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatida qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Kun.uz’ga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 206-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha ma'lumot berdi.
Aytilishicha, qarorda davlat sud ekspertlarini malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tizimini tashkil qilish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning ekspertiza tadqiqotlariga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, markazning Buxoro, Jizzax, Navoiy va Namangan hududiy bo‘limlarini tashkil etildi.
Qaror bilan Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Yuqoridagi Nizom va Davlat talablarida davlat sud ekspertlarining malakasini oshirish sud ekspertiza muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan, ularning huquqiy bilimlarini oshirish esa Markaz huzurida tashkil etilayotgan Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Shu sababli, qarorda Markaz huzurida tashkil etilayotgan Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazini tashkil etish ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2012 yil 14 noyabrdagi 321-son qaroriga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish ham nazarda tutilgan.
Mazkur qaror sud ekspertiza faoliyatining yanada takomillashuviga, davlat sud ekspertlarini malakasini oshirish tizimi tashkil qilinishiga, shuningdek sud ekspertizasining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
12:31 / 11.12.2025
Barcha dorixonalar “Elektron retsept” orqali ishlashga o‘tadi
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
09:17 / 08.11.2025
Ming dollar evaziga “ekspertiza” va’dasi: inspektor qo‘lga olindi
12:59 / 06.11.2025