Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida tuman prokurori yordamchisi 4 ming dollar pora bilan ushlandi - manba
Toshkent viloyati Toshkent tuman prokurori yordamchisi J.S. fuqaroni Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish uchun undan 4 000 dollar olgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.
Jinoiy ishga Jamoat xavfsizligi universiteti xodimi ham aralashgani aytilmoqda.
Kun.uz holat yuzasidan Milliy gvardiya va Bosh prokuratura matbuot xizmatlariga so‘rov yubordi, lekin kun davomida rasmiylardan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.
Avvalroq, Toshkent viloyatining Piskent tumani prokurori yordamchisi 1500 dollar pora bilan, Ohangaron shahar prokuraturasi tergovchisi 9 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
09:22 / 18.12.2025
Toshkent tumanida 38 mlrd so‘mlik dori ombori fosh etildi
15:29 / 12.12.2025
Ekologik vaziyatni yaxshilash: Fayzobod va Hasanboyda reyd o‘tkazildi
11:03 / 03.12.2025
Toshkent tumanida 22 ta mahalladagi issiqxonalarda ekologik qoidalar buzilishi aniqlandi
15:01 / 11.08.2025