Piskent tumani prokurorining yordamchisi 1500 dollar bilan ushlandi
Prokuratura xodimi bu pul evaziga sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishini va’da qilgani aytilyapti. Jinoyat ishi firibgarlik moddasi bilan qo‘zg‘atilgan.

Foto: Kun.uz
Toshkent viloyatining Piskent tumani prokurori yordamchisi 1500 dollar olayotgan vaqtida ushlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, prokuror yordamchisi sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishini va’da qilib, evaziga firibgarlik yo‘li 1500 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir 1 noyabr kuni prokuratura va DXX hamkorligida o‘tkazilgan. Ertasiga holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28, 211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Kecha, 2 noyabr kuni Kun.uz manbasi Piskent prokurorining yordamchisi pora bilan ushlangani, uning ustidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan ish ochilishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 31 sentabr kuni Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlangan edi. O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shavkatjon Rahimov viloyat prokurori sifatida ish boshladi. Toshkent viloyati prokuraturasini 3 yil boshqargan Salom Samadov avgust oyida Qashqadaryo viloyat prokurori lavozimiga o‘tkazilgandi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyada giyohvandlikka qarshi mamlakat tarixidagi eng yirik operatsiya o‘tkazildi
Jahon | 20:21
-
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi
Jahon | 19:46
-
«Menga bu medal va qog‘ozlarning keragi yo‘q» – Washington Post Sumiga raketa zarbasi kunidagi taqdirlashda qatnashgan harbiylar bilan gaplashdi
Jahon | 19:16
-
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi
Jamiyat | 19:14
Mavzuga oid

11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

12:21 / 05.03.2025