Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz 3 ta yo‘nalishda professional kadrlarni ishga taklif qiladi
Foto: Shutterstock
Kun.uz sayti tajribali va o‘z ishini yaxshi ko‘radigan jurnalist, videooperator va fotoredaktorlarni ishga taklif etadi.
Muxbir-jurnalist
Talablar:
– Professional jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanish (tadbirlar va matbuot anjumanlarida qatnashish, voqea joyidan reportajlar tayyorlash, muayyan mavzularni alohida o‘rgangan holda yoritish, jurnalistik surishtiruvlar olib borish);
– 25-35 yoshlar atrofida bo‘lishi;
– oliy ma'lumot;
– jurnalistika yoki bloging sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
Muxbir-jurnalist vakansiyasi uchun rezyumeni [email protected] manziliga yuborishingiz so‘raladi
Montaj va grafika ustasi
Talabgorlar:
– «Adobe Effect» va «Adobe Premier» dasturlarini juda yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi;
– yuqori sifatli vizual effektlarni, badiiy va hujjatli filmlar uchun ssenaristning istalgan g‘oyasini ro‘yobga chiqara olishi;
– ishiga ijodiy yondashadigan bo‘lishi kerak.
Vazifasi – ijodiy-badiiy tipdagi videomahsulotlar yaratish. Ishga olishda talabgorning bungacha qilgan ishlariga qarab baho beriladi.
Talablar:
– operatorlik va montaj sohasida ish tajribasi;
– Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida yashashi;
– oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumot;
– yoshi 22-35 oralig‘ida.
Fotoredaktor
Talabgorlar:
– «Adobe Photoshop» va «Adobe Lightroom» dasturlarini juda yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi;
– ishiga ijodiy yondashadigan bo‘lishi kerak.
Vazifasi – xabarlarga mos suratlarni tanlash, saytdagi suratlarni monitoring qilish va bannerlar yasash. Ishga olishda talabgorning bungacha qilgan ishlariga qarab baho beriladi.
Talablar:
– Xabarlarni tahlil qilib, unga mos surat tanlash, maqolalardagi suratlarni monitoring qilib borish;
– bannerlar yasay olish (reklama, YouTube videolar uchun, kollajlar, xabarlar asosida qiziqarli infografika va boshqalar);
– RAW va JPG formatdagi suratlarga ishlov berish;
– oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumot;
– yoshi 22-35 oralig‘ida.
Montaj va grafika ustasi va fotoredaktor vakansiyasi uchun rezyumeni @JamolBobo Telegram-akkauntiga yuborishingiz so‘raladi.
Kun.uz sayti sizga;
– eng zamonaviy texnika vositalarida ishlash imkoniyati;
– shahar markazidagi ofis;
– rasmiy mehnat shartnomasi;
– 3 mln so‘m va undan yuqori oylik ish haqi;
– o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyat va boshqa qulayliklarni taklif etadi.
Mavzuga oid
17:56 / 27.07.2021
Adliya vazirligi Kun.uz va boshqa internet-nashrlar bilan memorandumlar imzoladi
17:12 / 30.06.2021
Tahsin – 2021. O‘zbekistonning eng faol yoshlari taqdirlandi
11:55 / 29.06.2021
Kun.uz muxbiri «Jamiyatda ayollar: huquq, himoya va imkoniyatlar» tanlovida g‘olib bo‘ldi
15:06 / 26.06.2021