Sönggi yillarda Özbekistonda yoşlar siyosati ustuvor ahamiyatga molik mavzulardan biriga aylandi. Hukumat tomonidan bilimli va iste'dodli yigit-qizlarni aniqlaş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, qobiliyatlarini yuzaga çiqariş böyiça bir qator salmoqli işlar amalga oşirildi. «Yoşlar oyligi» doirasida «Yangi Özbekiston yoşlari birlaşaylik» şiori ostida ötkazilgan qator tadbirlar şular jumlasidan.
Mazkur tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida 28 iyun kuni Alişer Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri old maydonida mamlakatning eng ilğor yoşlarini «Tahsin» yoşlar mukofoti bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, hukumat a'zolari, diplomatik korpus vakillari, jurnalist va blogerlar iştirok etişdi.

«Tahsin» mukofoti 2019 yilda ilm-fan, sport, xalqaro aloqalarni yölga qöyiş, madaniyat, innovatsiyalar, tibbiyot kabi yönalişlarda Özbekiston taraqqiyotiga hissa qöşayotgan, öz sohasida muvaffaqiyatga erişgan, yetakçilik qobiliyatiga ega ijtimoiy faol, ijodkor va taşabbuskor yoşlarni rağbatlantiriş maqsadida ta'sis etilgan. Ötgan yili koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraş maqsadida mamlakatda joriy etilgan karantin sababli tadbir taşkil etilmadi. Bu yilgi «Tahsin» yoşlar mukofotini topşiriş marosimi yoşlar uçun çinakam esda qolarli voqeaga aylandi.

Yoş iste'dod sohiblari, insonlar hayotini saqlab qoliş yölida jasorat körsatgan qahramonlar, millionlab yoşlarni ezgu ğoyalar atrofida birlaştirayotgan taşabbuskor yigit-qizlarni munosib e'tirof bilan tabriklaş maqsadida özbek estradasining maşhur yulduzlari öz repertuarlaridagi retro qöşiqlarni kaver usulida ijro etişdi.

Tadbirning öziga xosligi şundaki, u xorijdagi GQ, «Oskar», Forbes va şu kabi boşqa yirik mukofotlarning eng yaxşi an'analari formatida taşkil etildi. Ğolib va nominantlar qizil yölakça böylab yurib kelişdi, ğoliblarga mukofotni qölga kiritgandagi taassurotlari bilan örtoqlaşiş uçun söz berildi.



















