Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya kubogi. "Real" so‘nggi soniyalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Foto: Twitter/LaLiga
Ispaniya kubogi 1/8 finalining javob o‘yinida "Sevilya" o‘z uyida "Real Madrid"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Dastlab hisob mehmonlar himoyachisi Daniloning avtogoli evaziga ochildi. Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarida Asensio o‘z jarima maydonchasida to‘pni qabul qilib, tezkorlik bilan raqiblardan o‘zib ketdi va hisobni tenglashtirdi. 53-daqiqada Yovetich mezbonlarni oldinga olib chiqdi, 77-daqiqada esa Iborra oradagi farqni oshirdi. 83-daqiqada Ramos penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining ikkinchi golini kiritdi. O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi daqiqasida Benzema raqiblarni chiroyli tarzda aldab o‘tib, jamoasiga durang natija taqdim qildi.
Ushbu durangdan so‘ng Zidan shogirdlari qatorasiga 40ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmay, "Barselona" rekordini yangiladi.
Sevilya – Real Madrid 3:3 (Birinchi o‘yin 0:3)
Gollar: 1:0 – 10, avtogol Danilo, 1:1 – 48 Asensio, 2:1 – 53 Yovetich, 3:1 –77 Iborra, 3:2 – 83, penalti Ramos, 3:3 – 90+3 Benzema.
Sevilya – Soriya, Merkado (Vitolo, 65), Rami, Langle, Eskudero, Sarabiya, Iborra, Korrea (Yovetich, 45), Kranevitter, Vetto (Nasri, 55), Ben-Yyedder.
Real Madrid – Kasilya, Ramos, Danilo, Nacho, Marselo, Asensio, Kazemiro, Kroos, Vaskes (Karvaxal, 64), Dias (Kovachich, 58), Morata(Benzema, 76).
Ogohlantirishlar: Merkado (7), Vaskes (13), Iborra (62), Kovachich (63), Yovetich (72), Kasilya(72), Kazemiro (84), Marselo (88).
Qirol kubogining qolgan ikki o‘yinida quyidagi natijalar qayd etildi:
Eybar – Osasuna 0:0 (Birinchi o‘yin 3:0)
Ogohlantirishlar: Garsiya Subiriya (54), Eskalante (69), Sanxurxo (83).
Selta – Valensiya 2:1 (Birinchi o‘yin 4:1)
Gollar: 1:0 – 61 Rossi, 1:1 – 63 Vinisius Araujo, 2:1 – 90 Sisto.
Ogohlantirish: Mangalya (60).
Mavzuga oid
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026