Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
Samarqand tumanidagi Oqbo‘yra turizm qishlog‘ida 15 aprel kuni amalga oshirilgan tog‘-portlatish ishlari oqibatida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan Kun.uz surishtiruv e’lon qilgandi. Unda portlatishdan so‘ng ayrim xonadonlarga tosh parchalari yetib borgani, uy devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgani hamda aholining bir qismi portlatish ishlari oldidan rasman ogohlantirilmagani bildirilgan edi.
Foto: Videodan kadr
Mazkur surishtiruv e’lon qilinganidan so‘ng holat jamoatchilik va mutasaddi idoralar darajasida ham muhokama qilina boshlandi. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi Botirali Shodiyev tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobur Islamovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputatga ko‘ra, ushbu muammo bir kunlik yoki tasodifiy holat emas. Uning qayd etishicha, avvalgi yillarda ham kon portlatish ishlari belgilangan texnik talab va xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etilmagan holda amalga oshirilgani haqida aholi tomonidan bir necha bor e’tirozlar bildirib kelingan. Bu esa muammo tizimli xususiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Deputatlik so‘rovida Oqbo‘yra hududida kon portlatish ishlari qanday huquqiy asos va nazorat mexanizmlari doirasida amalga oshirilgani, amaldagi texnik reglament hamda xavfsizlik qoidalariga qay darajada rioya etilgani yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.
Shuningdek, portlatish ishlari natijasida fuqarolarning uy-joylari va mol-mulkiga yetkazilgan zararni aniqlash hamda qoplash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun qanday tizimli ishlar amalga oshirilayotgani haqida ham rasmiy izoh talab qilingan.
Mavzuga oid
15:23 / 15.05.2026
Oqbo‘yra qishlog‘idagi portlash ta’siri me’yordan ortiq hududlarga yetib borgan - vazirlik izohi
23:26 / 14.05.2026
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
19:47 / 18.04.2026