Jahon | 19:47 / 18.04.2026
4703
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada chiqindi yuklash paytida yuz bergan portlash oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga chiqindi konteyneridagi portlovchi buyumlar sabab bo‘lgan.

Foto: TASS

Vladikavkazda chiqindi konteynerlarini yuklash paytida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kommunal xizmat xodimi halok bo‘ldi, deb ma’lum qildi Shimoliy Osetiya rahbari Sergey Menyaylo.

Xabar qilinishicha, voqea 17 aprel kuni erta tongda yuz bergan. Portlash oqibatida kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotida ishlaydigan o‘zbekistonlik erkak halok bo‘lgan. Hamkasbining so‘zlariga ko‘ra, u besh farzandning otasi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Menyayloning bildirishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga chiqindi konteyneridagi portlovchi buyumlar sabab bo‘lgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid