Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishini ko‘chirish yoki tiklash bo‘yicha arizasi rad etilgan talabalar uchun apellyatsiya bo‘lmaydi - vazirlik
O‘qishini ko‘chirish yoki tiklash uchun ariza bergan talabgorlar rad javobini olsa, ular buning uchun apellyatsiya bera olmaydi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Hozirda talabalarning arizalari ko‘rib chiqilyapti. Ular o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz portalidagi shaxsiy kabinetlaridan ko‘rib olishlari mumkin.
O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha rad javobini olgan talaba uchun apellyatsiya jarayoni bo‘lmaydi», – dedi Begimqulov 12 avgustdagi Xalqaro press-klub sessiyasida.
Avvalroq, 15 iyuldan 5 avgustgacha bo‘lgan muddatda o‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha 43 mingdan ortiq ariza kelib tushgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:04 / 20.02.2026
Sud qarorlari ijrosini to‘xtatish tartibi qat’iylashtirilishi mumkin
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
11:52 / 14.08.2025
Abituriyentlarning apellyatsiya arizalarini topshirish shartlari e’lon qilindi
12:33 / 17.08.2024