Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksternat to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Xalq ta'limi vazirligining “Eksternat to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining 2015 yil 13 apreldagi 9-mh-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Eksternat to‘g‘risidagi Nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Eksternat to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Kirish qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta'limni tashkil etish to‘g‘risida»gi” qarori “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 maydagi 140-sonli “Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga almashtiriladi.”.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“5. Attestatsiyada umumiy o‘rta ta'lim dasturlarini davlat ta'lim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan va tegishli yilda 16 yoshga to‘ladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar, umumiy o‘rta ta'lim dasturlarini davlat ta'lim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan va tegishli yilda 18 yoshga to‘ladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar qatnashishi mumkin.”
3. Quyidagi mazmunda 5-1-band bilan to‘ldiriladi:
“5-1. Umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida shahodatnomaga ega fuqarolar 11-sinf doirasida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Ekstern bir vaqtning o‘zida 9-sinf va 11–sinf doirasida attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
Eksternga umumiy o‘rta ta'lim to‘g‘risida shahodatnoma olganidan so‘ng ikki yil muddatdan keyin o‘rta ma'lumot to‘g‘risida shahodatnoma beriladi”.
4. 8-bandning beshinchi xatboshidan “Eksternning yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma'lumotnoma". degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“15. Ekstern 9, 11 sinflardagi baholar (o‘zlashtirish) tabeliga asosan, attestatsiya o‘tkazilmaydigan fanlardan ijobiy baholangan bo‘lsa, ushbu fanlardan attestatsiyadan ozod etiladi”.
6. 16-banddagi “Mehnat” so‘zi “Texnologiya” so‘zi bilan almashtiriladi”.
7. 16-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“16. Eksternning 9, 11 sinflardagi baholar (o‘zlashtirish) tabeli bo‘lmasa, 9, 11 sinflarda o‘qitiladigan fanlardan imtihon topshiradi, «Chizmachilik», «Tasviriy san'at», «Musiqa», «Texnologiya», «Jismoniy tarbiya» fanlari bundan mustasno.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026