O‘zbekiston | 18:34 / 09.04.2026
1766
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi

Soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida soliq solish obekti va xronometrajni videotasvirga olish tartibi belgilandi.

Foto: Shutterstock

Hukumat qarori bilan «Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, nazorat tadbirlari soliq organi rahbari yoki rahbar o‘rinbosarining soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida videotasvirga olinadi.

Soliq organi tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida quyidagilar videotasvirga olinadi:

- soliq solish obektlarini hisobga olish;

- xronometrajni ko‘zdan kechirish;

- soliq to‘lovchi ishchi va xodimlarining haqiqiy soni hamda soliq hisobotidagi aks ettirilgan ishchi va xodimlar soniga muvofiqligini tekshirish;

- nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarini qo‘llash;

- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishi va boshqalar.

Nazorat tadbiri soliq to‘lovchilarning qonuniy faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaydigan va faoliyat ko‘rsatishiga ziyon yetkazmaydigan tarzda videotasvirga olinadi.

Nazorat tadbiri natijasi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada tadbir jarayonini videotasvirga olish moslamasi (qurilmaning rusumi va seriya raqami), videotasvirga olingan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid