Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi birinchi raqamli poligonda xorij artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi (foto+video)
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrugiga qarashli O‘zbekistondagi birinchi raqamli “Kattaqo‘rg‘on” poligonida Xitoy Xalq Respublikasi bilan tinchlik yo‘lidagi xalqaro harbiy hamkorlik doirasida xarid qilingan artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Mudofaa vazirligi va Markaziy harbiy okrug rahbariyati hamda artilleriya bo‘linmalari tomonidan 122 mm va 152 mm.li “PL66-1” markali tasnifiga ko‘ra, oskolkali fugasli snaryad qo‘llanilgan. D-20 va D-30 artilleriya qurollaridan 20 donadan otilgan snaryadning kelgusida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibidagi artilleriya bo‘linmalari qurollari uchun o‘q-dori sifatida qo‘llash samaradorligi tekshirildi.
Birinchi marotaba Mudofaa vazirining tashabbusi bilan “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilayotgan 12 ta mutaxassislik bo‘yicha musobaqaning 7 ta yo‘nalishi aynan artilleriya bo‘linmalariga tegishli. Hozirgi kunda artilleriya bo‘linmalarini yangi turdagi qurol-aslaha va o‘q-dorilar bilan ta'minlash choralari ko‘rilyapti.











Shuningdek, artilleriya mutaxassisligi bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashda ustoz-shogird an'analari joriy qilinib, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmani oshirishda har bir dala o‘quv-maydonida namunali “Eng ilg‘or artilleriya mutaxassisi yo‘lagi” barpo etildi.
Mavzuga oid
18:21 / 10.01.2026
Ataka – hamla, lager – jamloq. Mudofaa sohasiga oid atamalarning o‘zbekcha muqobili taklif etilmoqda
16:31 / 16.07.2025
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi
20:32 / 11.01.2025
Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat bo‘yicha yetakchiga aylandi
20:57 / 11.11.2024