Xabar qilinişiça, xorijiy atamalarni özbekça muqobillariga almaştiriş böyiça tegişli taşkilotlar işçi guruhlari yuborgan takliflar Atamalar komissiyasining işçi kengaşi tomonidan körib çiqildi.

Röyxatdan 41 ta atama örin olgan bölib, ularning özbek tilidagi muqobili Mudofaa vazirligi tomonidan taklif etilgan.

Jumladan, ataka – hamla, kaska — dubulğa, protivogaz — gazniqob, dozor – erovul, dubinka — tayoq, blokpost — tösiqpost, lager – jamloq, poligon — dala öquv maydoni.

Işçi organ uşbu taqdim etilgan atamalarning milliy muqobillari böyiça boşqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va körib çiqadi.

Fuqarolar öz fikr-mulohazalarini quyidagi havola orqali yozib qoldirişi mumkin. Agar özbekça muqobil variant yoqmagan bölsa, unda uçinçi javob varianti örnida öz takliflarini ham bildirişlari ham mumkin.