14 iyul kuni Özbekiston va Rossiya harbiylari iştirokida «Noqonuniy qurollangan tuzilmalarni yakson qiliş böyiça qöşinlar maxsus harakati» mavzusida «Hamkorlik-2025» öquv maşğulotlari oçildi. Özbekiston Mudofaa vazirligining ma’lum qilişiça, maşğulotlar «Termiz» umumqöşin poligonida 10 kun davom etadi.

Öquv maşğulotlariga 400 ga yaqin harbiy xizmatçilardan iborat maxsus bölinmalar jalb qilingan bölib, Rossiya tomoni özining harbiy texnikalari bilan iştirok etmoqda.

«Ikki davlat harbiy xizmatçilari jangovar vaziyatda bölinmalarni hamkorlikda boşqariş, davlat çegarasi daxlsizligini ta’minlaş va şartli duşmanni yöq qiliş kabi turli maxsus topşiriqlarni olib borişadi», deyiladi rasmiy bayonotda.

Foto: Özbekiston mudofaa vazirligi

Mudofaa vazirligiga köra, 10 kun davom etadigan öquv maşğulotlari ikki davlat örtasida imzolangan harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq amalga oşirilmoqda.

Rossiya mudofaa vazirligiga köra, maşğulot davomida harbiy bölinmalar quyidagi harakatlarni bajargan holda özaro hamkorlikni maşq qiladi:

  • davlat çegarasini buzgan qurolli noqonuniy guruhlarni aniqlaş va yöq qilişda bölinmalarni boşqariş;
  • çegara hududlarida inşoot va pozitsiyalarni egallab olgan noqonuniy qurolli guruhlarni yöq qiliş;
  • umumqöşin bölinmalari tomonidan egallangan inşoot va pozitsiyalarni qayta nazoratga oliş;
  • duşmanning kiçik guruhlariga qarşi kuraş olib boriş;
  • jangarilar tomonidan egallab olingan aholi punktini şturm qiliş va tozalaş operatsiyasini taşkil etiş.

Rossiya tomoni kontingentining asosiy qismini Markaziy harbiy okrugning Tojikistonda joylaşgan 201-harbiy bazasi askarlari taşkil etadi. Ular tarkibiga toğ-şturm bölinmalari, radioelektron kuraş mobil guruhlari, razvedka uçun möljallangan uçuvçisiz uçiş apparatlari va FVP dronlar ekipajlari, şuningdek, Mi-24 zarbdor vertolyotlaridan iborat aviaguruh kiradi.