Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA reytingi: O‘zbekiston yana 2 pog‘ona pastladi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 554 ochko bilan 63-o‘rinda qayd etildi.
Qayd etish kerakki, terma jamoa avvalgi oydagi ko‘rsatkichiga nisbatan 2 pog‘ona pastlagan.
O‘zbekiston OFKga a'zo terma jamoalar orasida 6-o‘rinda qoldi. Eron 798 ochko bilan Osiyo mamlakatlari orasida peshqadamlikni saqlab qolgan. Janubiy Koreya 691 ochko bilan qit'ada 2-pog‘onani egallagan bo‘lsa, Yaponiya 629 ochkosi bilan kuchli uchlikdan joy olgan.
Eron – 32-o‘rin;
Janubiy Koreya – 39-o‘rin;
Yaponiya – 52-o‘rin;
Avstraliya – 54-o‘rin;
Saudiya Arabistoni – 56-o‘rin;
O‘zbekiston – 63-o‘rin;
BAA– 68-o‘rin.
JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan Qatar o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Xitoy 5 pog‘ona pastlagan bo‘lsa, Suriya terma jamoasi 3 o‘ringa ko‘tarildi.
Qatar — 85-o‘rin;
Xitoy — 86-o‘rin;
Suriya — 93-o‘rin.
FIFA reytingida hamon Argentina (1635 ochko) yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni Braziliya (1529 ochko) egallab turgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda Germaniya (1433 ochko) joylashgan.
Jadvalda 4–10-o‘rinlarni mos ravishda Chili, Belgiya, Fransiya, Kolumbiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya terma jamoalari band etgan.
Mavzuga oid
20:33 / 17.10.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi
18:22 / 03.04.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi
17:58 / 20.12.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilni 58-o‘rinda yakunladi
18:15 / 24.10.2024