FIFA rasmiy sayti 2025 yil mart oyi yakunlariga köra milliy jamoalar reytingini yangiladi. Unga köra, Özbekiston milliy jamoasi reytingda bir poğona kötarilib, 57-örinni egalladi.

Bu milliy jamoa uçun sönggi 9 yillikdagi eng yaxşi natijadir. Bungaça jamoa 2016 yilda Samvel Babayan boşqaruvi davrida reytingda 48-öringaça çiqqandi.

Joriy yil yanvaridan Timur Kapadze boş murabbiylik qilayotgan jamoa mart oyida JÇ-2026 saralaş bosqiçida Qirğiziston ustidan ğalaba qozondi (1:0), Eron bilan safarda durang natija (2:2) qayd etdi.

JÇ saralaşi doirasida noyabr oyida Qatarga yutqazgan (2:3) va KXDR ustidan ğalabaga erişgan (1:0) jamoa 2024 yilni reytingda 58-örinda yakunlagandi.

FIFA reytingida Argentina milliy jamoasi 1-örinda bormoqda, Ispaniya Fransiyani (3-örin) ortda qoldirib, 2-öringa kötarilgan. Keyingi örinlarni Angliya, Braziliya, Niderlandiya, Portugaliya, Belgiya, Italiya va Germaniya band etgan.

Osiyo jamoalari orasida Özbekiston vakillari 6-öringa kötarildi. Yaponiya qit’ada peşqadam sanaladi (15-örin). Osiyo vakillari orasida kuçli önlikdan şuningdek Eron (18), Janubiy Koreya (23), Avstraliya (26), Qatar (55), Iroq, Saudiya Arabistoni (58), Iroq (59), Iordaniya (62) va BAA (65) jamoalari bor.

Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy jamoasining FIFA reytingidagi eng yaxşi natijasi – 45-örin bölib, bu 2006-2007 yillarda qayd etilgan.