Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: 8 oyda 5 million aholining bandligini ta’minladik
“Biz yil boshida 5,5 million aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha katta marralar olgan edik. 8 oyning o‘zida 5 millionlik rejani uddaladik. Islohotlarimizga ishonib, shu yilning o‘zida chetda ishlayotgan 700 ming fuqaromiz yurtimizga, o‘z oilasi bag‘riga qaytdi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev mustaqillik bayramidagi nutqida.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida nutq so‘zladi.
Davlat rahbari ko‘p millatli xalqni, xorijdagi vatandoshlarni istiqlol bayrami bilan tabrikladi.
«Inson qadri uchun, inson baxti uchun» degan ezgu tamoyilga asoslangan Yangi O‘zbekiston g‘oyasi amalda qudratli harakatga aylandi. Dunyodagi murakkab vaziyatga qaramasdan, iqtisodiyotimiz 6 foizdan yuqori sur’atlarda barqaror o‘sayotgani xalqimiz o‘zi tanlagan yo‘ldan dadil borayotganini ko‘rsatmoqda. Yurtimiz aholisi yiliga o‘rtacha 700-800 mingga ko‘paymoqda. Mehnat bozoriga har yili 500-600 ming yosh kirib kelmoqda. Buncha odamni o‘qitish, kasb-hunarli qilish, ularga ish topish o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi. Buning uchun, muntazam ishlaydigan tizim, kafolatli investitsiya va infratuzilma kerak. Shuni oldindan chuqur o‘ylab, biz bu yo‘nalishda aniq dasturlarni qabul qildik», dedi prezident.
Davlat rahbari Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlik iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, oldinga boshlovchi katta kuchga aylanganini ta’kidladi.
«Xalqimizning ko‘z o‘ngida minglab zamonaviy korxonalar, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma obektlari qad rostlamoqda. E’tibor bering, bu yil jami 35 milliard dollar investitsiya evaziga 9 mingga yaqin yangi korxona, xizmat ko‘rsatish majmualari barpo etiladi. Eng ulug‘ bayramimiz arafasida 4 milliard dollarlik 79 ta yirik obekt ishga tushirildi. O‘tgan davrda birgina kichik va o‘rta tadbirkorlar soni 2 karra ko‘paydi. Bugun ushbu tarmoqda 10 milliondan ortiq aholimiz mehnat qilib, daromad topmoqda.
Biz yil boshida 5,5 million aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha katta marra olgan edik. Sakkiz oydayoq 5 millionlik rejani uddaladik. Eng muhimi, islohotlarimizga ishonib, shu yilning o‘zida chetda ishlayotgan 700 ming fuqaromiz yurtimizga, o‘z oilasi bag‘riga qaytdi», dedi prezident.
«Yana bir maqsadimiz – halol ishlagan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga imkoniyatlarni ko‘paytirishdan iborat. Shu sababli «Halol mehnat – xotirjam hayot va farovon jamiyat garovi» degan shior asosida «yashirin» iqtisodiyotni jilovlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdamiz», dedi prezident.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
18:37 / 01.12.2025
Rossiyada 1 dekabrdan chegarani kesib o‘tgan xorijliklardan biometriya yig‘ish boshlandi
10:27 / 29.11.2025
AQShdagi o‘zbekistonlik haydovchilar kuchaytirilgan migratsiya reydlari haqida ogohlantirildi
23:31 / 28.11.2025