Migratsiya agentligi va AQŞning USAFARMLABOR taşkiloti örtasidagi dastur doirasida dastlabki talabnomalar qabul qilingan bölib, ayni paytda jarayonlar bosqiçma-bosqiç yölga qöyilmoqda.
Qayd etilişiça, iş beruvçi ma’lumotiga köra, ayrim fuqarolar hamkor taşkilot saytlari yoki uning tarkibidagi fermer xöjaliklariga töğridan töğri murojaat qilişga urinmoqda. Biroq bunday yöl bilan murojaat qiliş heç qanday natija bermaydi.
Migratsiya agentligi iş beruvçining talabnomasi asosida tanlov e’lon qilinganidan keyingina fuqarolar belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilişini eslatdi. Şu bois mustaqil röyxatdan ötişga uriniş yoki töğridan-töğri murojaat qiliş foydasiz ekani ta’kidlanmoqda.
Şuningdek, fuqarolardan vositaçilar va pulli “taklif”larga aldanmaslik, faqat rasmiy manbalarda e’lon qilinadigan ma’lumotlarga tayaniş söraldi.












