Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yekaterinburgda deklaratsiyalanmagan 19 ming dollarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik ushlandi
Foto: Ural bojxona boshqarmasi matbuot xizmati
Yekaterinburgning “Kolsovo” aeroportida Rossiyadan deklaratsiya qilmagan holda 19 ming dollarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosidan 9 ming dollar musodara qilindi. Bu haqda Ural bojxona boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, Yekaterinburg — Toshkent reysiga chipta olgan yo‘lovchi aeroportda ushlangan. Pullar uning yuki orasidan topilgan.
“Yo‘lovchi nozirlarga bu pullar uning burg‘ilash qudug‘ida ishlab topgan daromadi ekanini aytgan. U 10 ming dollardan ko‘proq summaga ega yo‘lovchilar “qizil yo‘lak”da deklaratsiya to‘lg‘izishlari kerakligi haqida bilmagan”, deb aytilgan xabarda.
Shu sababli o‘zbekistonlikdan ruxsat berilgan limitdan ko‘proq summa, ya'ni 9 ming dollar tortib olingan. Endi bu pullar bilan nima bo‘lishini sud hal qiladi.
Ta'kidlanishicha, aeroport bojxonachilari yil boshidan deklaratsiya qilinmagan valuta holatlari yuzasidan 30 dan ko‘proq ma'muriy ish qo‘zg‘ashgan. Odatda, bunday qonunbuzarliklarni sodir etishda Gruziya, Tojikiston va Turkiyaga jo‘novchi hamda Xitoy va Turkiyadan keluvchi yo‘lovchilar tushganlar.
Mavzuga oid
17:55 / 29.04.2026
Banklarga mijozlarga shikastlangan banknota berish taqiqlandi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
14:03 / 08.04.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi
22:27 / 30.03.2026