Elçixona ma’lum qilişiça, voqea sodir bölgan kundan buyon Koreya politsiyasi bilan yaqin hamkorlik örnatilgan bölib, tergov jarayonlarining xolis va töliq ötkazilişi ta’minlanmoqda. Şu maqsadda marhumaning onasi Feruza Alimbekova ham Koreyaga taklif etilgan.
14 aprel kuni Pyontek şahrida marhumaning onasi, uning advokati hamda elçixona xodimlari iştirokida mahalliy politsiya vakillari bilan uçraşuv ötkazildi. Unda tergov jarayoni va qöşimça tekşiruv natijalari haqida ma’lumot berilgan.
Koreya huquq-tartibot organlari dastlabki tergov va sud-tibbiy ekspertiza xulosalariga köra, marhumaning ölimida qotillik alomatlari aniqlanmaganini bildirgan. Şuningdek, çuqurlaştirilgan tahlillar natijasida ölim holati öz joniga qasd qiliş taşxisi asosida qayd etilgani ma’lum qilingan.
Ekspertiza jarayonida DNK, qon va barmoq izlari tekşirilgani, tanada zaharli moddalar yoki kuçli zarba izlari aniqlanmagani qayd etilgan. Şuningdek, voqea sodir bölgan joy va tibbiy muassasalardagi kuzatuv kameralari yozuvlari marhumaning yaqinlariga taqdim etilgan.
Koreya politsiyasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ayrim suratlar rasmiy tergov doirasida olinmaganini va ularni tarqatiş mamlakat qonunçiligiga zid ekanini ta’kidlagan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Özbekistonning Seuldagi elçixonasi mazkur holatni nazoratga olgan bölib, Koreya tomoni bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.
Elçixona fuqarolarni marhumaning xotirasini hurmat qilişga va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikka çaqirdi.
















