2026 yil 1 aprel holatiga, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 68,99 mlrd dollarni taşkil qildi. Zaxiralar qiymati mart oyida 8,09 mlrd dollarga qisqardi. Bu haqda Markaziy bank taqdim qilgan hisobotda keltirib ötilgan.
Ötgan oy davomida zaxiralarning valuta qismi 1,26 mlrd dollarga, oltin qismining qiymati 6,82 mlrd dollarga kamaydi. Öz navbatida zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi 13,1 mln troya unsiyadan 13,4 mln troya unsiyaga oşgan.
Regulyator investitsiya kiritgan qimmatli qoğozlar portfeli esa deyarli özgarişsiz qolib, 1,5 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi.
Umuman olganda, ketma-ket 7 oydan beri Özbekistonning zaxira aktivlarida ösiş kuzatilayotgandi. Bu xalqaro bozorda oltin narxlarining qimmatlaşişi fonida yuz berdi. Yaqin Şarqda geosiyosiy vaziyatning nihoyatda keskinlaşişi, jahon savdosidagi noaniqliklar, AQŞ Federal rezerv tizimining mustaqilligi atrofidagi xavotirlar va Qöşma Ştatlarning fiskal barqarorligiga doir şubhalar kuçaygani sabab 2026 yilda qimmatbaho metall bahosi 5000 dollardan oşib ketgandi.
Biroq, mart oyida qimmatbaho metall narxi pasaya boşladi: agar 2 mart kuni oltinning bir troya unsiyasi 5419 dollargaça kötarilgan bölsa, 1 aprelda örtaça narxlar 4785 dollarni taşkil etdi.

















