Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» AJ: Yunusobod tumani aholisi yangi elektr hisoblagichlar o‘rnatish yuzasidan murojaat qilishi so‘raladi
Illyustrativ foto
O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Uchtepa tumanlarida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shunga ko‘ra, iste'molchilarning elektr hisoblagichlari hududlar bo‘ylab reja asosida almashtirish ishlari olib borilmoqda. Yunusobod tumanining ko‘pgina xonadonlarida (xonadonda hech kim yo‘qligi, xizmat safaridaligi tufayli) haligacha elektr hisoblagichlar o‘rnatilmay qolmoqda. Shuni hisobga olib, xonadoningizda elektr hisoblagich o‘rnatilmagan bo‘lsa, 71-230-20-34 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni hamda +99898-362-33-55 raqamiga manzilingiz /hisob raqamingizni yozgan holda sms xabar jo‘natishingizni iltimos qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, ushbu almashtirilayotgan zamonaviy elektr hisoblagichlar “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati hisobidan bepul o‘rnatiladi, shu sababli hisoblagichni almashtirishga to‘sqinlik qilmasligingizni so‘raymiz.
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
20:32 / 03.01.2026
Yunusobodda mast holatda o‘zganing mashinasiga shikast yetkazgan shaxs ushlandi
00:25 / 29.12.2025
29 dekabr kuni Yunusoboddagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi
13:19 / 16.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Yunusoboddagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi
13:00 / 03.12.2025