Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi ma’lumotiga köra, 2 dekabr kuni soat 21:18 da Yunusobod tumani, Şarof Raşidov köçasida joylaşgan 100-uy qarşisida avtomobil yöl-transport hodisasi natijasida yonib ketgani haqidagi xabar kelib tuşgan.

Kelib tuşgan ma’lumot asosida yonğin-qutqaruv texnikalari va navbatdagi smena şaxsiy tarkibi zudlik bilan körsatilgan manzilga yönaltirilgan. Qutqaruvçilar soat 21:19 da hodisa joyiga yetib borgan.

Ma’lumotga köra, yonğin qisqa fursatda, soat 21:22 da töliq öçirilgan. Hodisa oqibatida insonlarning jabrlanişi yoki halok bölişi holatlari qayd etilmagan.

Hozirda YTH hamda avtomobil yonğini yuzaga keliş sabablari va boşqa tegişli holatlar örganilmoqda. 

Favqulodda vaziyatlar xizmati aholiga yölda harakatlaniş qoidalariga qat’iy amal qiliş va texnika xavfsizligi talablariga rioya etişni yana bir bor eslatib ötdi.