O‘zbekiston | 13:19 / 16.12.2025
4868
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Yunusoboddagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 16 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yunusobod tumanida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirishi, shuningdek Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Prezident tashrif doirasida tumandagi yangilangan infratuzilma, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obektlar hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishishi kutilmoqda.

Shundan so‘ng davlat rahbari raisligida Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Unda shahar taraqqiyoti, infratuzilma va xizmatlar sifatini oshirish, investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda aholi bandligi va turmush darajasi bilan bog‘liq ustuvor vazifalar muhokama qilinishi belgilangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid