O‘zbekiston | 18:04 / 28.08.2017
12469
4 daqiqa o‘qiladi

Ta'lim va tibbiyot muassasalari byudjyetdan tashqari jamg‘arma hisobidan barcha zarur narsalar bilan ta'minlanadi

Prezidentning 24.08.2017 yildagi PQ-3242-son «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi byudjyetdan tashqari ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
 
Jamg‘armaning mablag‘lari qanday shakllantiriladi va nimalarga sarflanadi
 
Hujjat bilan Jamg‘armaning asosiy vazifalari va daromadlarining shakllanish manbalari belgilandi.


 
Vakolatli organlarda yangi bo‘linmalar paydo bo‘ladi
 
Qarorga binoan quyidagilar tashkil etilmoqda:

•  Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishni hisobga olish, tahlil va monitoring qilish sektori (2 birl.) – hududiy moliya boshqarmalari tuzilmasida;
•  maktabgacha va umumta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari (2 birl.) – Xalq ta'limi vazirligining hududiy boshqarmalari tuzilmasida;
•  kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish bo‘yicha sektorlar (2 birl.) – Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining hududiy boshqarmalari tuzilmasida;
•  bolalar musiqa va san'at maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish bo‘yicha sektorlar (2 birl.) – Madaniyat vazirligi tuzilmasida;
•  tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish bo‘yicha sektorlar (2 birl.) – Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari tuzilmasida;
•  oliy o‘quv muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhi (2 birl.) – Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi tuzilmasida.
 
Dastur qanday shakllanadi
 
Ta'lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash dasturi uch bosqichda shakllanadi:
 
1-bosqich: vakolatli organlar ta'lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash bo‘yicha takliflarni hududlar kesimida shakllantiradi va ularni Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritadi;
 
2-bosqich: Jamg‘armaning mablag‘lari doirasida ta'lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash dasturlarining yakuniy parametrlari shakllanadi va Investitsiya dasturi va Davlat byudjyetining loyihalarini tayyorlash muddatlari bilan bog‘langan ravishda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
 
3-bosqich: Ta'lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash dasturi har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga mustaqil bo‘lim sifatida kiritiladi.
 
Hujjat bilan ayrim tashkiliy masalalar ham tartibga solingan.

Mavzuga oid