Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tez yordamning yetib borish vaqti 3 barobar qisqardi – SSV
Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov axborotiga ko‘ra, tez tibbiy yordamdagi brigadalar soni 1648 tadan 2865 taga yetkazilgani, dori-darmon uchun ajratilgan mablag‘lar 16 karraga oshgani natijasida chaqiruvlarga yetib borish vaqti 3 barobarga qisqargan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorovning «Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha qabul qilingan rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarning ijrosi to‘g‘risida»gi axboroti eshitildi.
Unda ta’kidlanishicha, joriy yilda tez tibbiy yordam xizmati tomonidan 13 milliondan ziyod chaqiriq ijrosi ta’minlangan, ilk bor elektromobillar bazasida maxsus tez yordam brigadalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mingta avtomashina hisobiga tez tibbiy yordam avtoparki yangilangan.
Qayd qilinishicha, tez tibbiy yordamdagi brigadalar soni 1648 tadan 2865 taga yetkazilgani, dori-darmon uchun ajratilgan mablag‘lar 16 karraga oshgani natijasida chaqiruvlarga yetib borish vaqti 3 barobarga qisqargan.
Majlisda deputatlar sohada erishilayotgan yutuqlar bilan birga, hududlarda ayrim kamchiliklar kuzatilayotgani, saylovchilar bilan muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan mazkur masalada e’tirozlar bo‘layotganini qayd etgan.
Xususan, onalik va bolalikni muhofaza qilish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam, davlat tibbiy sug‘urtasi sohasida imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayotgani ta’kidlangan.
Muhokamalar davomida xalq vakillari tomonidan aholining sog‘lig‘ini saqlash va birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish, ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam sohasiga oid bir qator taklif va tavsiyalar berildi.
Majlisda Sog‘liqni saqlash vazirining javobi ma’lumot uchun qabul qilinib, kun tartibidagi masala yuzasidan samarali parlament nazoratini ta’minlashga kelishildi.
Mavzuga oid
17:35 / 13.12.2025
Toshkentda retsepsiz dori sotish to‘xtadi. Dorixonalarda vaziyat qanday?
19:13 / 12.12.2025
Akademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
11:28 / 06.12.2025
O‘zbekiston va Avstriya tibbiyot yo‘nalishida qo‘shma dasturlar tayyorlamoqda
09:40 / 03.12.2025