«Ilhaq» filmi qahramoni - Zulfiya Zokirova yashagan xonadonga tashrif
«Zulfiya Zokirova» nomi shu paytga qadar o‘zi o‘qigan maktab va bir nechta ko‘chalarga berilgan bo‘lsa-da, to‘g‘risi, bu qahramon ayol taqdiri keng jamoatchilikka unchalik ma'lum emasdi. Aynan «Ilhaq» prem'yerasidan keyin uni butun O‘zbekiston tanidi desak xato bo‘lmaydi.
19 may kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mutasaddilari hamda bir guruh kinoijodkorlar Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qishlog‘idagi Zulfiya aya Zokirova yashagan xonadonda bo‘lishdi.
Zulfiya aya Zokirova 1882 yilda tug‘ilgan. Turmush o‘rtog‘i Xolmat akaning erta vafoti tufayli butun oilaning tashvishi ayaning zimmasida qolgan. Zulfiya ayaning jami 6 nafar: 5 o‘g‘il va 1 qizi bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushida ayaning 5 nafar o‘g‘li ham urushga ketib ularning birortasi qaytib kelmagan.
«Ilhaq» filmida Zulfiya Zokirova timsolini gavdalantirgan aktrisa Dilorom Karimova tadbir davomida ayaning ayanchli taqdiri borasida fikrlarini bildirdi.
«Dunyo har bir insonning hayoti tarozi hikmatiga qurilgan ekan. Ayamiz bilganmidi shunday kunlar kelishini?
Ular nihoyatda og‘ir dard, alam chekib yashadi. 5 nafar farzandini yo‘qotish alami bilan ketdilar. Tarozining ikkinchi bir tomoni esa bugungi kunlar hikmatidir. Bu film Zulfiya aya nomini butun dunyoda mashhur qildi», – dedi u.
«Kimki o‘z xalqi, millati uchun halol xizmat qilib yashab o‘tsa u millat tomonidan hech qachon unutilmaydi. Film rejissyori Jahongir Ahmedovning aytishicha, filmning suratga olinishiga shu haqiqat sabab bo‘lgan», dedi film rejissyori Jahongir Ahmedov.
Xotira tadbirida ishtirok etgan mehmonlar urush va u keltiradigan ayanchli oqibatlar haqida ham gapirishdi. «Ilhaq» ana shunday og‘ir judolikni ko‘rgan, matonati bilan bunga bardosh bera olgan ayol taqdiri haqida so‘zlaydi.
Tadbirda qatnashgan mehmonlar urushning ayanchli oqibatlari, filmda ko‘rish mumkin bo‘lgan g‘oyalar va tomoshabinlarning film haqidagi fikrlari haqida gapirishdi.
Xotira tadbiri yakunida unda ishtirok etganlar tomonidan Zulfiya Zokirova va uning shaxid ketgan farzandlari, o‘tganlar xotirasi uchun Qur'on tilovat qilindi.
Kun.uz muxbiri «Ilhaq» filmi rejissyori Jahongir Ahmedovdan film va uning atrofidagi fikrlar yuzasidan intervyu oldi. Intervyuni tez orada saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
19:02 / 01.06.2024
“Tarixiy film suratga olish shunchaki ijodiy jarayon emas, bu butun boshli sanoat” – “Yalangto‘sh Bahodir” filmi haqida katta suhbat
09:36 / 10.05.2024
Nurafshonda Zulfiya Zokirova xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
13:19 / 23.12.2023
Rejissyor Jahongir Ahmedov prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi
20:51 / 13.12.2021