Şu yil 9 may kuni, Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Toşkent viloyati Nurafshon şahrida “Matonat madhiyasi” haykali oçildi, deb xabar bermoqda tadbirda qatnaşgan Kun.uz muxbiri.
Uşbu memorial majmua ikkinçi jahon uruşi davrida beş nafar farzandini uruşga jönatgan va ulardan birortasi qaytmagan Zulfiya Zokirova xotirasiga bağişlanadi. Ona Ikkinçi jahon uruşida beş nafar öğli – Isoqjon, Ahmadjon, Mamajon, Vahobjon, Yusufjon ismli farzandlaridan judo bölgan. Uning tört kelini beva, beş nabirasi yetim bölib qolgan.
Ma’lumotlarga köra, şunday holat butun dunyo böyiça uçta oilada kuzatilgan bölib, biri Belarus, yana biri AQŞda bölsa, uçinçi oila Zangiota tumani Xonobod mahallasidagi Zulfiya Zokirovaning oilasi hisoblanadi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegişli farmoyişi asosida, “Nurafshon Business City” hududida 1,2 gektar yer maydonida yaratilgan boğ va memorial majmuaning qurilişi uçun jami 4,8 milliard söm miqdorida mablağ sarflangan.

Ma’lumot uçun, 2019 yil 9 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan beş öğli, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab muhtaşam haykal örnatiş hamda unga «Matonat madhiyasi» deb nom beriş taklifini bildirgan edi.
2020 yil Toşkent şahridagi Ğalaba boği markazida bu haykal oçildi, şuningdek Zulfiya Zokirovaga bağişlab badiiy film yaratildi.
Eslatib ötamiz, Nurafşonda qurilgan majmuaga dastlab viloyatning sobiq hokimi Davron Hidoyatov 28,4 mlrd söm mablağ ajratilişi haqida farmoyiş çiqargan edi.
Bu jamoatçilik orasida tanqidlarga uçragaç Hidoyatovning bu taşabbusi viloyatning yangi hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan bekor

















