Özbekiston prezidentining tegişli farmoyişiga muvofiq prezident administratsiyasi ijodiy taşkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantiriş şu’basi yetakçi inspektori tayinlandi.

Hujjatga muvofiq, Jahongir Ahmedov Özbekiston prezidenti administratsiyasi ijodiy taşkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantiriş şu’basi yetakçi inspektori sifatida iş boşladi.

Jahongir Ahmedov 1983 yil Toşkent viloyatida tuğilgan. Özbekiston davlat madaniyat va san’at institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissyorlik böyiça tamomlagan.

U uşbu tayinlovga qadar Özbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi boş rejissyori lavozimlarida işlab kelgan.

Jahongir Ahmedov rejissyor sifatida “Islomxöja”, “Ilhaq” kabi tarixiy filmlarni suratga olgan.