Jahon | 00:50 / 08.02.2026
14416
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada dunyodagi eng uzun ilon topildi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning uzunligi 7,22 metrni, vazni 96,5 kilogrammni tashkil etadi.

Indoneziyaning Sulavesi orolida dunyodagi eng uzun ilon topildi. Ibu Baron laqabi berilgan to‘rli piton Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning uzunligi 7,22 metrni tashkil etadi.

Tadqiqotchilar narkoz ostida uning uzunligi 7,9 metrgacha yetishi mumkinligini taxmin qilishgan.

Ma’lum qilinishicha, ilonning vazni 96,5 kilogrammni tashkil etadi.

Hozirda u tabiatni himoya qiluvchi Budi Purvanto nazoratida saqlanmoqda.

To‘rli piton – Osiyoda uchraydigan ilon bo‘lib, hayvonot olamidagi eng uzun ilon hisoblanadi.

Dunyodagi rasman qayd qilingan eng yirik to‘rli pitonning uzunligi 7,5 metr bo‘lib, u Borneo orolida ushlangan va 2002 yili Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog‘ida o‘lgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid