Farg‘onada ilon va tipratikandan sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aniqlandi. Shu haqdagi videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Ekologiya vazirligi ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, holat Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi hamda 1-mintaqaviy PPX xodimlari tomonidan o‘rganilgan.
O‘rganish natijasida Oltiariq tumanining «Zilha» mahallasi hamda Buvayda tumanining «Boston buvo» mahallasidagi qum barxanlarida huquqbuzar tomonidan tipratikan hamda ilon noqonuniy saqlanib, sho‘rva tayyorlab sotilayotgani aniqlangan.















