O‘zbekiston | 08:29 / 08.02.2017
22681
2 daqiqa o‘qiladi

Dori narxlarini nazorat qilish uchun Bosh prokuratura huzurida “Ishonch telefonlari” ishga tushiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuratura huzurida “Ishonch telefonlari” tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Ular dori-darmon vositalari baland narxda sotilishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazorat qilish bilan shug‘ullanadi.

“Prezidentimiz dori-darmon vositalari noqonuniy ravishda baland narxda sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xalq manfaatlarini ta'minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi departamentda “Ishonch telefonlari” tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu telefon raqamlari har bir dorixonaga osib qo‘yiladi, televideniye orqali ko‘rsatiladi”, - deya ta'kidlab o‘tishgan davlat rahbari matbuot xizmatida.

“Ishonch telefonlari”ga har bir fuqaro murojaat qilishi hamda dispetcherdan u yoki bu dori vositasiga narx to‘g‘ri o‘rnatilganini tekshirishi, dori-darmon vositalarini baland narxda sotilayotgan dorixona ustidan shikoyat qilishi mumkin.

Mavzuga oid