Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi «Hukumat soati»da soğliqni saqlaş sohasidagi moliyaviy şaffoflik va samaradorlik masalalari muhokama qilindi. 

Yiğiliş «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi taşabbusi bilan taşkil etildi. Partiya vakili Zuhriddin Mavlonov yiğiliş davomida davlat budjeti mablağlarining samarasiz sarflanayotganini aytdi. U sohaga ajratilayotgan mablağlarning yönaltirilişida jiddiy şubhali holatlar borligini ta’kidlab, soğliqni saqlaş vaziriga tanqidiy savol yölladi. 

Mavlonovning qayd etişiça, respublikaning deyarli barça viloyatlarida, Toşkent şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi tibbiyot muassasalarida zarur dori-darmonlar, tibbiyot anjomlari bilan ta’minlanganlik holati örganilgan. Örganişlar davomida ayrim tibbiyot muassasalarida yaroqlilik muddati juda qisqa bölgan dori-darmonlar sotib olingani, ayrim holatda esa kafolatlangan paketga kiruvçi dorilar xarid qilinmagani aniqlangan. 

«Masalan, Toşkent şahar Çilonzor tumanidagi 34-sonli oilaviy poliklinikada kafolatlangan paketga kiruvçi 27 turdagi dori-darmondan atigi 15 tasi xarid qilingan, ulardan törttasining yaroqlilik muddati hisobga olinadigan bölsa, ular ehtiyojdan ortiqça. Bu yerda budjet mablağlari samarasiz sarflanayotgani körinadi. Uşbu masalani biz fraksiya yiğilişlarida ham bir neça bor muhokama qilganmiz», — deydi deputat.

Zuhriddin Mavlonov soğliqni saqlaş vazir Asilbek Xudoyorovdan budjet mablağlari samarasiz sarflanayotgani yuzasidan qanday izoh berişini söradi. Vazir tizimda muammolar borligini inkor etmadi va ularni bartaraf etiş böyiça amaliy çoralar körilayotganini bildirdi.

Asilbek Xudoyorovning sözlariga köra, yaroqlilik muddati uçta toifaga berilgan — 70, 50 va 30 foiz. Prokuratura bilan birgalikda xarid jarayoni nazorat qilinadi.

«Buning kelib çiqiş sababi — korrupsiya bilan boğliq, albatta. Köplab firmalar özi dorilari sota olmaganidan keyin borib gaplaşadi, ma’lum bir pora evaziga dorisini ötkaziş holati bor. Bu [dorilar] bemorga yetib bormaydi. Bu faqat «spisaniye» böladi, öşa yerda yöq qilinadi. Bunday sxema juda yaxşi ma’lum va bunga qarşi biz qattiq kuraşyapmiz», — deya ta’kidladi SSV rahbari.

Şuningdek, u kafolatlangan suğurta tizimi joriy qilingan hududlarda kafolatlangan paket joriy etilayotgani haqida ham gapirdi.

«Biz hozir tasdiqlaş jarayonidamiz… Kafolatlangan paket haqiqiy kafolatlangani bölgani uçun butun rivojlangan davlatlarni hisoblaganimizda, juda köp kasalliklarga kafolat berilmas ekan. Biz töqqizta yönalişda eng köp uçraydigan kasalliklarni oldik. Mana şularga mos ravişda işlatiladigan ambulator xizmatdagi aniq oilaviy poliklinikada neçta dori bölişi kerak. Buni e’lon qilamiz, kerak bölsa, poliklinikaga osib qöyib, fuqarolar da’vo qilişiga şaroit yaratib beramiz», — deydi vazir.