2 mart kuni sulh buzilişi ortidan Isroil Ğazo sektoridagi blokadani kuçaytirgani tufayli gumanitar vaziyat oğirlaşmoqda: BMTning Yaqin Şarqdagi Falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş agentligi (UNRWA)da dori-darmonlar deyarli tugagan va falastinliklar hatto oddiy tibbiy yordamni ham ololmayapti.
UNRWA tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilişiça, Ğazoda hayotiy muhim dori vositalarining yarmidan köpi tugagan yoki bir oylik zaxirasi qolgan. Ogohlantiriş BMT Xalqaro sudida Isroilning agentlik faoliyatiga qöygan çeklovlari oqibatlarini muhokama qiliş davom etayotgan eşituvlar fonida berildi.
Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi bundan oldin inqirozga bir neça bor e’tibor qaratgandi. Xususan, 15 apreldagi bayonotda dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar taqçilligi tufayli yurak jarrohligi (99 foiz) deyarli töxtatilgani, ona va bola salomatligi (51 foiz), dializ (45 foiz), ortopediya (87 foiz) va oftalmologiya (73 foiz) sohalaridagi xizmatlar zarar körgani aytilgan.
Köplab ogohlantirişlarga qaramay, ğazoliklar omon qoliş uçun kuraşişda davom etmoqda. Odamlar oxirgi çora sifatida şahar ğarbidagi Aş-Şati qoçqinlar lageridagi UNRWA tibbiyot markaziga yöl olişmoqda.
Yurak kasalligiga ega bemorlardan biri kerakli dori-darmonlarni oliş uçun janubdan, Nasr kasalxonasidan şimolga borişi kerakligini aytgan. U surunkali kasalliklarga çalingan bemorlarni dori-darmon bilan ta’minlaşga çaqirdi.

















