Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish sohasidagi «gos priyomka» onlayn amalga oshiriladi
Tadbirkorlar qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin.
Foto: 123RF
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 370-sonli qaroriga muvofiq, “Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlangan.
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi xabariga ko‘ra, mazkur qaror qabul qilingunga qadar qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish, xalq tili bilan aytganda “gos priyomka” nomi bilan mashhur bo‘lgan amaliy harakat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatilar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlangan tartib asosida amalga oshirilgan.
Masalan, avvallari Toshkent shahar hokimining 2016 yil 18 apreldagi 328-sonli qarorining 4-ilovasiga muvofiq Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi qoshidagi 14 ta vakolatli idora vakilidan iborat komissiya tarkibi tasdiqlangan va mazkur komissiya a'zolari tomonidan qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha “begunok” imzolangan.
Biroq, shunda ham qurilishi tugallangan bino-inshootni foydalanishga qabul qilish uchun komissiyaning 14 ta ishchi organi mansabdor shaxslari imzosi yetarli bo‘lmagan va tuman hokimining qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha qarori qabul qilinishi talab etilgan.
Ayrim hollarda ishchi organlarning imzosi (ruxsati) bo‘lsa-da, tadbirkorlar qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha tuman hokimining qarorni olish uchun 6 oygacha kutishga majbur edi, barcha hujjatlarni tadbirkorlar tashkilotma-tashkilot sarson bo‘lib, mansabdor shaxslarni oldilariga o‘zlari olib kirishgan.
Jarayonning qiyinligi natijasida, barcha talablar asosida qurilgan ammo noqonuniy qurilma sifatida e'tirof etilgan bino va inshootlarning soni ko‘payib ketgan.
Endilikda bu tartibga to‘la barham berildi. Bugungi kunda tadbirkorlar qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlariga yoki
onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin.
Hozirda qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilishda bor yo‘g‘i ikki vakolatli organ ishtirok etadi va 9 ish kuni mobaynida foydalanishga qabul qilib, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ko‘chirma taqdim etiladi.
Mazkur sohadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish biznes jarayonini bir necha martaga qisqartirish orqali, xizmat ko‘rsatish sifatining oshishiga va eng muhimi qonunbuzilishi holatlarining oldi olinishiga erishildi.
Bundan tashqari, jarayonda 14 ta ishchi organ ishtiroki tugatilib, atigi 2 ta vakolatli organ qoldirildi va ular o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashinuvi “yagona darcha” tamoyili asosida faqat elektron tarzda amalga oshirilishi belgilandi. Asossiz rad qilingan hamda ko‘rib chiqish muddatlari buzilgan arizalar yuzasidan Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan elektron tarzda doimiy nazorat o‘rnatilib va qonunbuzilishi holatiga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslar tegishli tartibda javobgarlikka tortilmoqda.
Mavzuga oid
12:23 / 12.01.2026
Qurilish bozorining chorak qismi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
10:23 / 10.01.2026
Bo‘stonliqda qurilish chuqurligiga tushib ketgan fuqaro qutqarildi
15:44 / 08.01.2026
Qurilish statistikasi: 27,7 trln so‘mlik ishlar bajarildi
23:02 / 05.01.2026