Jamiyat | 17:13 / 27.06.2024
16678
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada “Lasetti”ning gazballoni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Avvalroq Farg‘ona viloyati Rishton tumani markazida “Lasetti” mashinasining gazballoni portlagani va atrofda bo‘lgan bir necha odam jarohatlangani, mashina yonib ketgani haqida xabar bergandik.

Viloyat IIB axborot xizmati hodisada jarohatlanganlardan biri ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etganini ma’lum qildi.

Unda aytilishicha, 52 yoshli fuqaro “Lasetti”ni tuman markazidagi dehqon bozori hududiga to‘xtatib, bozorga kirib ketgan vaqtida, mashinaga o‘rnatilgan gazballoni portlagan va yong‘in kelib chiqqan.

Portlash oqibatida, shu atrofda bo‘lgan fuqaro A.A. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (yong‘in qoidalari xavfsizligini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid