Rabbiniso Tojialiyevaning hayot yöli ança murakkab. Bundan bir neça yil muqaddam avtohalokat tufayli u turmuş örtoği va öğlidan ajraladi. Baxtsiz hodisadan keyin ota hovlisiga qaytib kelgan ona qolgan ikki qizi uçun ham hayotda kuçli böliş kerakligini anglab yetadi. U 43 yoşida qizi bilan oliygohda birga öqib diplomli ham böladi. Ayni paytda Rabbiniso opa Rişton tumanidagi 18-maktabda öqituvçilik qiladi.

Maktabsiz hayotimni tasavvur qila olmayman...

“Yoşim 57 da, pensiyaga çiqqanimga uç yil böldi, lekin maktab, bolalarsiz yaşay olmayman. Öqituvçilik şarafli kasblardan biri. Öqituvçilikning nonini yeyişning öziga yaraşa mas’uliyati bor albatta. Bu mas’uliyatni doimo özimda his qilaman. Boşlanğiç sinf öquvçilari ayniqsa, beğubor böladi. Ular bilan muloqot qilganingizda butun qalbingizdagi boşqa bir ğuborlar tarqaladi-da, özingiz ham yoş boladay bölib qolasiz.

Uç farzandim bor edi. Ikki qiz, bir öğil. Bu dunyo sinovlari köp ekan. Turmuş örtoğim bilan öğlim baxtsiz hodisa tufayli vafot etişdi. Ikki qiz bilan qoldim. Öşanda 39 yoşda edim. Turmuş örtoğim 42 yoş, öğlim esa 15 yoş edi. Öşa birinçi daqiqalarda böldi, hayot tugadi endi degan öyga borganman. Birinçi miyaga kelgan fikr şu bölar ekan-da odamzotda. Lekin tönğiç qizimning “Ona, biz-çi?” degan gapi hayotimni özgartirib yubordi. Şu birgina sözdan keyin özimga keldim. Öşa daqiqadan boşlab qiynalgan paytlarimda, mablağ tomonidan böladimi, mehr tomonidanmi, şu qizimning “Biz-çi?” degan gapi quloğimda jaranglardi. Ha, ikkita qizim bor-ku. Şular uçun yaşayman endi bundan keyin, iloji yöq deb qizlarim uçun ham yaşay boşladim.

Katta qizim 11-sinfni bitirdi. Birinçi, ikkinçi yili öta olmagan bölsa ham baribir qaytmadi yölidan, men ham qaytmadim. Öqiysan, baribir öqiysan. Xotiringni bir joyga qöygin. Tayyorgarlikni ham taşlab qöyma, kasbni ham örgan, deb tayinlardim. Tikuvçilikka ham berdim orada. Biçiş-tikişni ham örganib oldi. Keyin omadi keldi. Farğona Davlat universitetining fizika-matematika fakultetiga öqişga kirdi.

Endi şu paytlarda örta maxsus ma’lumotlilarga dars beriş kamayayotgan edi. Oliy ma’lumotlilar köpayib, bizning örnimizga ular işga kelişi kerak edi. Lekin men, xöp endi örta maxsus ma’lumotliman, oliy ma’lumotli diplomim yöq. Nima qilaman? Qizlarim öqişga kirdi. Kontrakt, şartnoma asosida öqişga kirdi. Uni pulini tölaş kerak. Nimadir qiliş kerak...