Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari fuqaroga uning xonadonida töpponça öqtalib kuç işlatgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Kun.uz muxbiri holat yuzasidan izoh oliş uçun Rişton tumani hokimi Bahodir Xoliqov va “Buloqboşi gulşani” fermer xöjaligi rahbari Ğayratjon Xayrullayev bilan boğlandi.
Ğayratjon Xayrullayevga köra, haqiqatan ham uçastka nozirlari uning yaşaş xonadonida ğalla rejasini bajarmaganlikda ayblab, töpponça öqtalib onasini turtib yuborişgan:
“7 iyul kuni Rişton tumani Buloqboşi qişloğidagi dala maydoniga paxtaga öğit berayotgan edim. IIB xodimlari kelişdi. Keçki payt soat 19:30 lar edi. Xodimlarga uyimga borib turaveringlar yuvinib taranib ötib boraman dedim. 3 nafar xodim orqamdan keldi.
Sizni kutib turamiz deyişdi. Men kiyimni almaştirgani içkariga kirdim. “Uçastkavoy”lar Ğolib Tölanov va Nodir Abdurahimov odatda yiğiliş bölsa aytgani kelişardi. Bu safar ham yiğiliş bölsa kerak deb öyladim.
Tösatdan uçastka nozirlari orqamdan kirib, töpponça öqtalgan holda qölimni qayirib, otib taşlayman, öldiraman, bu yoqqa yur deb baqira ketişdi. Töpponça öqtalgani “Buloqboşi” MFY uçastka noziri Ğolib Tölanov edi. Yetmişga kirgan onam bu holatni körib, örtaga tuşib, nima böldi, bunaqa qilmanglar, deganida “uçastkavoy” onamni itarib yubordi. Onam yerga yiqilib tuşib huşidan ketdi. Onamning mazasi qoçgandan keyin “uçastkavoylar” xohlagan joyingga murojaat qil, deya baqir-çaqir qilib, uyimdan çiqib ketişdi. Bir hafta şifoxonada yotib zörğa öziga keldi beçora onam.
Birjaga 17 tonna don qöyganman. Uyimga bir kilo ham don yaşirmaganman. Ğalla topşiriş rejasini bajargan edim. Bularning asl maqsadini bila olmadim”, deydi fermer.
Uning qöşimça qilişiça, tumandagi yana bir fermer xöjaligi rahbari Azizbek Tojiboyev paxtaga kimyoviy öğit purkaş uskunasini hokimlikka topşirmagani uçun 5 sutkaga qamalgan.
Rişton tumani hokimi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoni hali körmagani, IIB xodimlari fermerga töpponça öqtalmaganini aytdi:
“Endi bu masala şundayki, hammaning öz huquqi bor, majburiyatlari ham bor-da. Fermerning ğalla, paxta masalasida davlat oldidagi majburiyatlari bor, şuni bajarişi kerak. Bundan keyin ikkinçisi, öğit masalasi. Öğitni sifatli qilib tayyorlaş, sababi ertaga öziga yaxşi böladi, hosildorligi yaxşi böladi. Şu narsani içki işlar xodimi borib töğri tuşuntirib, “Ey, oğayni, ertaga “defoliatsiya” qilasan, “defoliatsiyang” sifatli böladi, hosildorliging oşadi”, deb aytişgan.


















