O‘zbekiston | 14:16 / 23.02.2019
29298
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyadagi migrantlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Foto: REUTERS/Denis Sinyakov

O‘tgan yili Rossiyaga boshqa mamlakatlardan migratsiya oqimi 2005 yildan beri minimumga pasaydi - 124,9 ming kishi. Bu haqda Rosstat ma'lumotlarida aytilgan. 2017 yil bilan taqqoslaganda migratsiya o‘sishi 41 foizga yoki 87 ming kishiga kamaydi.

Natijada, so‘nggi 10 yil ichida ilk bor migratsiya oqimi tabiiy pasayishning o‘rnini to‘ldira olmadi, Rossiya aholisi 93,5 ming kishiga qisqardi.

Rossiyaga kelganlar soni 2018 yilda 4 foizga - 565,7 ming kishigacha kamaydi. Chiqib ketganlar miqdori 17 foizga - 440,8 ming kishigacha oshdi.

2006 yildan buyon uzoq xorij mamlakatlari bilan migratsiya almashinuvi ilk bor salbiy ko‘rsatkichga yetdi (minus 4199 kishi).

Tojikiston birinchi marta donor mamlakatlar orasida yangi yetakchiga aylandi: bu mamlakatdan migratsiya oqimi 31 ming kishidan oshdi. 2018 yilda har to‘rtinchi qonuniy muhojir Rossiyaga Tojikistondan kelgan.

Ikkinchi o‘rinda - Qozog‘iston (+26,5 ming kishi). Ukraina uchinchi pog‘onada (+14,8 ming). 2017 yilga nisbatan Ukrainadan oqim uch baravar kamaydi (47,7 mingdan). 2014 yildan beri Ukraina to‘rt yil davomida Rossiyaga kelgan migrantlar soni bo‘yicha yetakchi edi.

O‘zbekiston Rossiyada bo‘lib turgan migrantlar soni bo‘yicha hali ham yetakchilik qilmoqda. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistonning 4,5 million nafar fuqarolari migratsion ro‘yxatga olingan, 3,25 million kishi - ro‘yxatdan olingan (saldo 1,25 million). Ikkinchi o‘rinda Tojikiston fuqarolari: 2,33 million kishi ro‘yxatga olingan, 1,53 million kishi ro‘yxatdan chiqarilgan (saldo - deyarli 800 ming kishi).

Mavzuga oid